Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, 2014 yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasida Xitoy kompaniyalarining qiymati 50 million dollardan ziyod to`g`ridan-to`g`ri investisiyalari ishtirokida 15 dan ortiq qo`shma loyiha amalga oshiriladi.
2013 yilning mart oyida tashkil etilgan “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida hozirda mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur hududda alohida soliq va bojxona rejimi yo`lga qo`yilgan.
Ta`kidlash joizki, O`zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 466 ta korxona faoliyat yuritadi, shulardan 77 tasi 100 foiz Xitoy investisiyasi asosida tashkil etilgan. Shuningdek, mamlakatimizda XXR 71 vakoloatxonasi akkreditasiyadan o`tgan.
So`nggi 6 yil ichida O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi savdo aylanmasi 6 martaga o`sib, 2013 yilda 5,2 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.