Avval xabar berilganidek, O`zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Senegal, 27 mart kuni esa Marokash terma jamoalariga qarshi safarda o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.
Bundan tashqari, 15 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuv o`tkaziladi. Mazkur terma jamoalar JCh-2018 ishtirokchilari bo`lib, mundial oldidan ular O`zbekiston MTJ bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazishga rozilik berishgan.
O`zbekiston futbol Assosiasiyasi O`zbekiston milliy terma jamoasi uchun o`rtoqlik o`yinlariga kuchli raqiblar topish bo`yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Muzokaralar natijasida O`zbekiston MTJ uchun yana bir kuchli sparring raqib topildi. Shu yilning 7 iyun kuni JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O`zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, Urugvay terma jamoasi JCh-2018da “A” guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.






