1

O`zbekistonda JARning faxriy konsuli ish boshlaydi

Siyosat 10.03.2018, 10:53
O`zbekistonda JARning faxriy konsuli ish boshlaydi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Janubiy Afrika Respublikasining yurtimizdagi (qarorgohi Anqara shahrida joylashgan) Favqulodda va muxtor elchisi Pule Isaak Malefan bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Muloqot chog`ida JAR delegasiyasiga ikki davlat ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qulay sharoitlar yaratish uchun savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalarini ko`rib chiqish taklif etildi.

Har ikki tomon ham hukumatlar, ham biznes doiralar darajasida uzoq muddatli aloqalarni yo`lga qo`yish asosida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qiziqish bildirdi.

“Geografik jihatdan bir-biridan uzoqda joylashganiga qaramay, mamlakatlarimiz turli sohalarda o`zaro tovar ayirboshlashni ko`paytirish bo`yicha salmoqli salohiyatga ega. O`zbekiston va JARning manfaatdor ishbilarmon doiralari tashriflari ikki davlatning savdo-investisiyaviy imkoniyatlari bilan tanishish va mavjud zaxiralarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, — dedi Tashqi savdo vaziri o`rinbosari Sohib Saifnazarov.

Uchrashuv davomida Janubiy Afrika Respublikasi tomoni ikkitaraflama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hozirgi kunda JARning O`zbekistondagi faxriy konsulini tayinlash bo`yicha faol ishlar olib borilayotganini bildirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qolaversa, joriy yilning birinchi yarmida JAR biznes doiralari vakillarining mamlakatimizga kelishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1