1

DEPUTAT VA SENATORLAR AHOLI MUAMMOLARINI O`RGANIShMOQDA

Siyosat 10.03.2018, 13:35
 DEPUTAT VA SENATORLAR AHOLI MUAMMOLARINI O`RGANIShMOQDA

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Yangier shahrida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi mavjud muammolar o`rganildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Guruh a`zolari Yangier shahri mahallalarida bo`lib, fuqarolar bilan uchrashdi. O`rganishlar davomida hududdagi ayrim muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko`rilib, mamlakat miqyosida hal qilinishi lozim bo`lgan muammolar yuzasidan taqdimnoma tayyorlandi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari Orifjon Qudratov, Ikrom Karataev, Mirzaahmad Shoimovlar O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi viloyat va shahar kengashlari vakillari hamrohligida 2-sektor hududiga qarashli “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig`ini fuqarolari bilan muloqot o`tkazdi.

Yangier shahri hududidagi ahvol atroflicha o`rganilgach, shahardagi musiqa va san`at maktabining majlislar zalida tashkil etilgan fuqarolar bilan uchrashuvda dastlab 2-sektor rahbari, shahar prokurori Ulug`bek Jo`raevning 2017 yil davomida o`zi rahbarligidagi sektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Shundan so`ng yig`ilishga kelgan fuqarolarning fikr-mulohazalari va ular tomonidan ko`tarilgan muammolar tinglandi.

– Men Samarqand ko`chasida istiqomat qilaman, – deydi Tursunoy Boybo`taeva. – Bu erda yashovchilar ichimlik suvidan qiynalmoqda. Bu masalani bir necha bor ko`tarishimizga qaramay toza ichimlik suvi ta`minotida hamon uzilishlar yuzaga kelayotir. Ushbu muammo kechiktirmay hal etilishini Samarqand ko`chasida yashovchi fuqarolar nomidan iltimos qilaman.

Senat a`zolari tomonidan shahar “Suvoqova” davlat unitar korxonasi rahbariga muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berilib, aniq muddat belgilandi.

Chamanzor ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Norbibi Pirbo`ldieva Yangier shahar markaziy dehqon bozori hududida turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan do`konning shahar bosh rejasi asosida buzilganligi, haligacha do`kon uchun kompensasiya puli berilmaganligidan shikoyat qildi.

– Bu masala tez kunda ijobiy hal qilinadi, – dedi Yangier shahar hokimi o`rinbosari D.Azimov. – Shahar moliya bo`limiga tegishli topshiriq berildi. Fuqaro Pirbo`ldiev belgilangan miqdordagi kompensasiya pulini oladi.

Mahallaning Jomiy ko`chasida yashovchi Zenura Mamatqulova turmush o`rtog`i Usmonali Mamatqulovning olayotgan nafaqa puli kam hisoblanganligini bildirib, pensiya pulini oshirishda amaliy yordam so`radi.

Senat a`zolari mutasaddilarga topshiriqlar berib, masalani atroflicha o`rganib ijobiy hal etish kerakligini ta`kidladi.

Ishchi guruhi a`zolari Yangier shahridagi “Muruvvat” ayollar internat-uyida ham bo`lib, u erdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1