AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov tufayli «Andijon» - «Nasaf» uchrashuvi bir kunga kechiktirildi

Ertaga 27 may kuni O`zbekiston Kubogi doirasida “Andijon” va “Nasaf” klublari o`rtasida nimchorak final uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Aslida bu uchrashuv  28 may sanasida bo`lib o`tishi lozim edi. “Andijon” va “Nasaf” klublari o`rtasida O`zbekiston chempionati va Kubogi uchrashuvlari ketma-ket o`tkazilgani tufayli, PFL nimchorak finaldagi o`yinni 26 mayga ko`chirgandi.

Ammo bugun Andijondagi “Sog`lom avlod” stadionida Ozodbek Nazarbekovning konserti o`tkazilishi tufayli “Andijon” va “Nasaf” o`rtasidagi uchrashuv vaqtini yana surishga to`g`ri keldi. Bu uchrashuv ertaga o`tkaziladi, deya xabar berdi Uff.uz nashri.

Bugun “Nasaf” futbolchilari Andijonga yo`l olishgan.

    Boshqa yangiliklar