AsosiyDunyo

Ukraina MSK: prezident saylovlarining ikkinchi turi bo`lmaydi

Ukrainada prezident saylovlarining ikkinchi turi o`tkazilmaydi, bu haqda Ukraina markaziy saylov kommisiyasi (MSK) rahbari Mixail Oxendovskiy xabar qildi. 

MSK ma`lumotlariga ko`ra, milliarder Petr Poroshenko 54,04 foiz ovoz bilan Ukraina prezidentlik saylovlarida g`olib chiqdi. Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko esa 13,13 foiz ovoz to`plagan.  

Saylov natijalari bilan Petr Poroshenkoni Evroparlament raisi Martin Shuls tabrikladi. U mamlakatdagi qiyin ahvolda Ukrainaning qonuniy prezidenti saylanganidan qoniqqani va ushbu prezidentlik saylovlari barcha jahon standartlariga javob berishini aytib o`tdi.

RIA axborot agentligining xabar qilishicha, Ukraina yangi prezidentining inaugurasiya marosimi 8-10 iyun kunlari o`tkazilishi mumkin.

Petr Poroshenko Forbes jurnali talqini bo`yicha Ukrainaning eng badavlat kishilari ro`yxatida 7-o`rinda turadi.  Jahonga mashhur “Roshen” shirinliklar kompaniyasi aynan Poroshenkoga tegishli. 

    Boshqa yangiliklar