1

Nepalda yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi

Dunyo 12.03.2018, 17:13
Nepalda yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi

Bangladeshning US-Bangla xususiy aviakompaniyasiga qarashli yo`lovchi samolyot Katmandu xalqaro aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti «Kathmandu Post» nashriga tayanib xabar tarqatdi.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, samolyot qo`nish chog`ida yo`nalishni uchish-qo`nish yo`lagiga to`g`irlolmagan va aeroportning sharqiy tomonidagi futbol maydoniga qulab tushgan. Halokatdan so`ng havo kemasida yong`in chiqqan.

Hukumat ushbu hodisa oqibatida qurbonlar bo`lishi mumkinligini inkor qilmayapti, biroq hali bu haqda hech qanday rasmiy ma`lumot yo`q.

Hodisa joyiga o`t o`chiruvchilar etib kelgan. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, 17 yo`lovchi qutqarilgan va eng yaqin shifoxonaga jo`natilgan.

Katmandu aeroporti ma`muriyati xabar berishicha, samolyotning halokatiga texnik nuqson sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1