Poytaxtimizdagi “Toshkentlend” bolalar istirohat bog`ida “Har bir farzandga mehr, e`tibor!” haftaligi doirasida xayriya tadbiri o`tkazildi.
“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Sen yolg'iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirliklari, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirga Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va poytaxtimizdagi mehribonlik uylari, SOS – bolalar mahallalari tarbiyalanuvchilari, umumta`lim maktablari faol o`quvchilari, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo`lida halok bo`lgan xizmatchilarning farzandlari taklif etildi, deya xabar beradi O`zA.
Xayriya tadbiri davomida bog`dagi attraksionlar bolalarning ixtiyorida bo`ldi. Kichkintoylarga sovg`alar topshirildi.