1

Birinchi marta chet davlatda O`zbekiston yili o`tkaziladi

Siyosat 13.03.2018, 17:46
Birinchi marta chet davlatda O`zbekiston yili o`tkaziladi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 mart kuni Qozog`istonga amaliy tashrif bilan borishi xabar berilgandi.

Ostona shahrida O`zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi bo`ladi, deb ma`lum qildi prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Shavkat Mirziyoev shunday uchrashuv o`tkazish taklifini ilk bor 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi. Bu tashabbus noyabr oyida Samarqandda o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada mintaqaning barcha davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo`llab-quvvatlangan, Qozog`iston tomoni birinchi uchrashuvni Ostonada o`tkazishni taklif qilgandi.

Tashrif doirasida yana bir muhim tadbir – Qozog`istonda O`zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo`ladi. Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu marosimda nutq so`zlaydi.

Shu paytgacha chet davlatlarda O`zbekiston kunlari o`tkazilgan, lekin hali O`zbekiston yili bo`lmagan edi, dedi K.Allamjonov. Bugun davlatimiz rahbari “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo`nonboev ijodiy merosini keng o`rganish va targ`ib qilish to`g`risida” qaror chiqardi. Bu ikki qardosh xalqning bir-biriga hurmat-e`tiborining yana bir ifodasi bo`ldi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu yirik tadbirga tayyorgarlik ko`rish uchun Ostonaga madaniyat va san`at namoyandalari, hunarmandlar, jurnalistlar hamda boshqa soha vakillaridan iborat katta delegasiya etib borgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1