«Manchester Yunayted» klubi xo`jayini Malkolm Gleyzer 86 yoshida bu dunyoni tark etdi. Bu haqda Sports.ru nashri xabar bermoqda.
Gleyzer uch kun oldin 86 yoshga to`lgandi.
Gleyzer – amerikalik biznesmen. 1995 yildan buyon AQShning «Tampa-Bey» klubiga xo`jayinlik qilardi, 2005 yil «Manchester Yunayted»ni sotib olgandi. Shundan so`ng MYu 5 bor premer-ligada g`olib bo`lgan va bir bor EChL sohibiga aylangan. 2013 yilning mart oyi holatiga ko`ra uning boyligi 4,5 milliard dollarga baholangandi.