1

Rossiya Federasiyasi Prezidenti saylovida O`zbekistondan xalqaro kuzatuvchilar qatnashadi

Siyosat 14.03.2018, 11:51
Rossiya Federasiyasi Prezidenti saylovida O`zbekistondan xalqaro kuzatuvchilar qatnashadi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev boshchiligidagi delegasiya 2018 yil 18 mart kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston delegasiyasiga Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o`rinbosarlari kiradi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov delegasiyaning boshqa a`zolari bilan birga MDH va ShHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1