Germaniya Bundestagi Angela Merkelni qatorasiga to`rtinchi bor kansler etib saylandi. Deputatlarning mutlaq katta qismi uni qo`llab-quvvatladi, deya xabar berdi RIA “Novosti”.
“Angela Merkel kerakli ko`p ovozni olib, kansler etib saylandi”, - dedi Bundestag rahbari Volfgang Shoyble.
Ovoz berishda 692 ta deputat qatnashdi, to`rtta byulleten noqonuniy deb topildi. Deputatlarning yashirish ovoz berish yakunlari davomiy qarsaklar bilan kutib olindi.
Minbarda Merkeldan tashqari uning turmush o`rtog`i Yoaxim Zauer va 89 yoshli onasi Gerlind Kasner ham ishtirok etdi.
Tantanali marosim prezident rezidensiyasi — Berlindagi Belvyu saroyida bo`lib o`tdi.
Qayd etish joizki, Merkelni kanslerlikka qayta saylash uchun nomzodini mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ilgari surgandi.






