Kiev meri saylovida 56 foiz ovoz to`plagan “UDAR” fraksiyasi etakchisi Vitaliy Klichko g`alaba qozondi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
“Kievning yangi boshlig`i bor, u hamkasbimiz Vitaliy Klichko”, - deya e`lon qildi parlament yig`ilishida prezident vazifasini bajaruvchi Aleksandr Turchinov.
Shuningdek, Ukraina markaziy saylov kommisiyasi prezidentlik saylovlari barcha ovoz berish uchastkalarining protokollarini hisoblab chiqdi.
25 may kuni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovida eng ko`p ovozni Pyotr Poroshenko to`pladi.
“Elektron protokollar 100 foiz ko`rib chiqilganidan so`ng, 54,7 foiz natija bilan Pyotr Alekseevich Poroshenko g`alaba qozondi”, - deya ma`lum qildi Aleksandr Turchinov.