1

Qorako`lchilik sohasi bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi

Siyosat 15.03.2018, 11:21
Qorako`lchilik sohasi bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qorako`lchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

2023 yil 1 yanvarga qadar qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan sub`ektlar va qorako`lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorako`lchilik uchun zarur bo`lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona to`lovlari to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etildi;

qorako`lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig`i stavkalari 2023 yil 1 yanvarga qadar o`zgarmaydi;

respublika hududida qorako`l terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish “O`zbekcharmpoyabzali” va “Qorako`lchilik” uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz bo`nak (avans) to`lash orqali amalga oshiriladi;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi inqirozga uchragan yaylov maydonlarining tiklanish davrida yaylov sifatida foydalanilmasligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.

Shuningdek, “Qorako`lchilik” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xo`jaliklari faoliyatini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo`yicha 30 milliard so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`lari ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1