1

Livanda ayol birdaniga 6 chaqaloqni dunyoga keltirdi

Dunyo 15.03.2018, 12:06
Livanda ayol birdaniga 6 chaqaloqni dunyoga keltirdi

Livanlik ayol Bayrutning Avliyo Iosif tug`ruqxonasida birdaniga oltita chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bunday voqea Livanda birinchi marta sodir bo`ldi, deb yozmoqda «An-Nahor» gazetasi.

Gazetaning ma`lum qilishicha, oilada to`rtta farzand bo`lgan. Ular beshinchi farzandni dunyoga keltirishni niyat qilishgan. Ayol homilador bo`lgandan keyingi tekshiruvlar natijasida ular olti nafar farzand kutayotganidan xabar topishgan.

Chaqaloqlarning uchtasi o`g`il, uchtasi qiz. Bolalar ham, onasi ham sog`lom.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1