AsosiyJamiyat

O`zbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb e`tirof etildi

'O`zbekiston  MDHda eng baxtli mamlakat deb e`tirof etildi'ning rasmi

O`zbekiston BMTning eng baxtli mamlakatlar reytingida 44-o`rinni egalladi. Bu ko`rsatkich The World Happiness Report hisobotida aks etdi.

Hisobotda 156 mamlakat baholangan bo`lib, unda kutilayotgan uzoq umr ko`rish darajasi, ijtimoiy himoya, korrupsiya va boshqa ko`rsatkichlar hisobga olingan.

O`zbekiston o`tgan yilgi hisobotda 47-o`rindan joy olgandi.

2018 yilda Tojikiston 96-o`rindan 80-o`ringa va Qirg`iziston 92-o`ringa ko`tarilib o`z "baxtlilik" ko`rsatkichlarini yaxshilab olishdi.

Armaniston 121-o`rindan 129-o`ringa, Ozarbayjon 85-o`rindan 87-o`ringa, Belorussiya 67-o`rindan 73-o`ringa, Moldaviya 56-o`rindan 67-o`ringa, Ukraina 132-o`rindan 138-o`ringa tushib ketdi. Qozog`iston o`tgan yilgi 60-o`rnida qoldi.

Eng baxtli mamlakatlar o`nligiga esa Finlyandiya, Norvegiya, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvesiya va Avstraliya kirdi. Rossiya 10 pog`ona pastlab 59-o`rinni egalladi.

Eng baxtli mamlakatlar haqidagi ilk hisobot 2012 yilda e`lon qilingandi.

    Boshqa yangiliklar