AsosiyJamiyat

Og`ufurush ayol qilmishi uchun beshinchi marta sudning qora kursisiga o`tirdi

'Og`ufurush ayol qilmishi uchun beshinchi marta sudning qora kursisiga o`tirdi'ning rasmi

Karmanalik Sh.Ro`ziboeva (ism-shariflar o`zgartirilgan) olti nafar farzandning onasi. Bu ayolning o`tmishiga nazar solsangiz, umri huquqbuzarlik bilan o`tganiga, bolalar tarbiyasiga o`ta loqayd munosabatda bo`lganiga guvoh bo`lasiz. Yaqinda u jinoiy qilmishi uchun beshinchi marta sudning qora kursisiga o`tirdi.

Sh.Ro`ziboeva shar`iy turmush o`rtog`i, ikki nafar farzandining otasi X.Salimaliev bilan birga giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullanishga jazm etdi. Bundan mo`may daromad kelishidan havolanib, muqaddam bunday ishi uchun jazolangani, hatto ozodlikdan mahrum etilgani, davlatimizning insonparvar siyosatiga binoan jazodan shartli ravishda ozod etilganini ham unutdi. Bunday muhitda voyaga etayotgan bolalarning taqdiri bilan esa umuman qiziqmadi.

X.Salimaliev dala hovlisida marixuana giyohvandlik moddasini etishtiradi. U tayyor bo`lganda umr yo`ldoshi bilan “dori”ni pullashni rejalashtiradi hamda Sh.Ro`ziboevaning xonadoniga olib keladi. So`ngra bo`laklab, sotuvga tayyorlaydi. Tez orada xaridorlar soni ortadi. Bundan xabar topgan qo`ni-qo`shnilar jinoyatning oldini olish maqsadida tegishli idoralarga xabar berdi va navbatdagi “operasiya”ga chek qo`yildi. Og`ufurushlar daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi, deb yozadi O`zA.

Jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudining navbatdagi ochiq majlisida ushbu ish yuzasidan yana 3 nafar aybdorga nisbatan hukm chiqarishga to`g`ri keldi. Tergov jarayonida U.Imomov, Z.Muhamedshin va K.Karomov ham og`ufurushlar bilan hamkorlik qilgani aniqlandi. Ular marixuanani “mijoz”larga etkazishda vositachilik qilgan.

    Boshqa yangiliklar