AsosiyJamiyat

Odamlar ko`proq qaysi tashkilotga murojaat yo`lladi?

'Odamlar ko`proq qaysi tashkilotga murojaat yo`lladi?'ning rasmi

2017 yil yakuni bo`yicha vazirlik va idoralar kesimida eng ko`p murojaatlar Ichki ishlar vazirligiga kelib tushdi. Ularning soni 134 mingtani tashkil etdi, deya xabar beradi O`zA.

Keyingi o`rinlarda Oliy sud – 89 ming; Bosh prokuratura – 86 ming; Majburiy ijro byurosi – 67 ming; Banklar – 66 ming; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 65 ming; Sog`liqni saqlash vazirligi – 52 ming; “O`zbekneftgaz” – 38 ming; “O`zbekenergo” – 27 ming qayd etildi.

Mazkur murojaatlarda ko`tarilgan asosiy muammolar – uy-joy va er ajratish muammolari – 14,2 foiz; mehnat va bandlik masalalari – 8,7 foiz; kommunal xo`jaligidagi muammolar – 7,9 foiz; sud-huquq tizimiga oid masalalar – 7,1 foiz; bank-moliya sohasiga doir – 5,5 foiz; moddiy yordam ko`rsatish muammolari – 4,14 foiz; ta`lim-tarbiya sohasi bilan bog`liq muammolar – 3,6 foiz; aliment undirish muammolari – 3,1 foiz.

    Boshqa yangiliklar