— Hech qachon plastik amaliyotdan foydalanmaganman. Ikki yarim yildan buyon qomatimni korreksiyalash maqsadida sport zalida shug`ullanaman.
Kunora uch soatdan mashq qilaman. Bor sirim shu. Turmushdan ajrashganimdan so`ng haddan tashqari ozib ketdim. Qomatimni tartibga keltirmasam bo`lmaydi deya, shug`ullanayotganimni hamma o`zicha gap qildi.
Aslida esa barining ortida mehnat yotibdi. Go`zallik saloniga borsam ham, qizlar sochimni surishtirishadi, «O`zingiznikimi yo ulamami?» deya. Sochlarim o`zimniki, tabiiy shunday.