AsosiyJamiyat

Samarqandda sayyohlar uchun cho`ntak xaritalari joriy etildi

'Samarqandda sayyohlar uchun cho`ntak xaritalari joriy etildi'ning rasmi

Sayyohlarning O`zbekiston bo`ylab mustaqil harakatlanishi uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

Jumladan, Samarqand viloyatida turistik xaritalar ishlab chiqilgan bo`lib, xaritada Samarqandning barcha tarixiy-madaniy ob`ektlari, mehmonxonalari, turizm agentliklari, restoranlari va boshqa diqqatga sazovor joylari to`liq aks ettirilgan.

Sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida turistik xarita cho`ntakda olib yurish uchun mo`ljallangan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar