Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Toshkentga amalga oshiriladigan bir nechta reyslarni to`xtatadi. Bu haqda UzDaily.uz nashri Rossiyaning havo transporti Federal agentligiga (Rossaviasiya) asoslangan holda xabar beradi.
Xususan, aviakompaniya Rostova-na-Donu va Mineralny Vodadan poytaxtimizga amalga oshiriladigan reyslarni yopdi. Bundan tashqari, “Aeroflot” Sochi-Toshkent parvozini ham amalga oshirishdan bosh tortdi.
Federal agentlik ma`lumotlariga ko`ra, “Aeroflot” aviakompaniyasi mazkur yo`nalishlarda amalga oshirishga berilgan ruxsatni qaytarib olishga qaror qildi.





