Toshkent viloyatining O`rta Chirchiq tumanida 14 mart kuni soat 01:30 larda tuman hududidan o`tuvchi «Toshkent—Nurafshon—Ohangaron» avtomobil yo`lining 39-kilometrida «KamAZ-353213» yuk mashinasi 1976 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yubordi. Noxush hodisa oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, «Baraka avto trans» MChJga tegishli «KamAZ» yuk mashinasini 1979 yilda tug`ilgan ohangaronlik V.Sodiqov ismli fuqaro boshqarib ketayotgan bo`lgan.
Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida 13 mart kuni soat 05:30 larda «Vektra-trans Nukus» MChJga tegishli Matiz avtomobilini boshqarib ketayotgan 1994 yilda tug`ilgan I.Maysanov 1998 yilda tug`ilgan A.Jumaboev boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to`qnashuv sodir etgan.
Xabarda aytilishicha, Matiz haydovchisi va uning yonida bo`lgan N.Erejepov ismli boshqa bir yo`lovchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay Erejepov vafot egan.






