1

Hindistonda 4 yoshli qiz Qur`on musobaqasi g`olibi bo`ldi

Dunyo 16.03.2018, 11:16
Hindistonda 4 yoshli qiz Qur`on musobaqasi g`olibi bo`ldi

Hindistonning Andra Pradesh shtatidagi Bhimavaram shahrida Qur`onni yod olish bo`yicha o`tkazilgan musabaqada 4 yashar Muhammad Omina g`olib chiqib 15 ming rupi mukofot puliga ega bo`ldi. Bu haqda O`MI Matbuot xizmati xabar berdi.

Qur`on tadqiqotlari Birlashgan forumi fevral oyida 12 yoshgacha bo`lgan o`g`il bolalar o`rtasida Qur`on musobaqasini uyushtirgan edi.

Ikkinchi musobaqada Muhammad Omina “A” toifasida (3-4 yoshlilar o`rtasidagi) bellashuvda g`olib deb topilgani qayd etilgan.

Jamoati Islomiy Hind (JMH) partiyasining Bhimavaramdagi bo`limi bosh qarorgohida partiyaning shahar qo`mitasi prezidenti Shayx Imtiyoz Ominaning ota-onasiga 15 ming rupi mukofot puli chekini tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda chiqish qilgan Shayx Imtiyoz Birlashgan forum Qur`oni Karimni bolalarga targ`ib qilish maqsadida ko`p yillardan beri musobaqa uyushtirib kelayotganini ta`kidladi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1