1

Buyuk Britaniya va Rossiya: munosabatlarga chek qo`yildi

Dunyo 16.03.2018, 21:41
Buyuk Britaniya va Rossiya: munosabatlarga chek qo`yildi

Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida rejalashtirilgan barcha diplomatik aloqalar muzlatildi. Buyuk Britaniya Rossiyani o`z hududida kimyoviy quroldan foydalanganlikda ayblamoqda va Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ma`lum qildi. Bu haqda Britaniya parlamenti majlisida Bosh vazir Tereza Mey aytib o`tdi.

4 mart kuni Angliya janubidagi Solsberi shaharchasida Rossiya Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal hayotiga qilingan suiqasdni u Birlashgan Qirollika nisbatan jinoyat deb atadi. Britaniya hukumati Skripal va uning qizi Rossiyada ishlab chiqarilgan asab tizimini falajlovchi «Novichok» moddasi bilan zaharlanganini aytib rasmiy Moskvadan ushbu holat bo`yicha izoh talab qilgandi.

Rossiya Federasiyasi hukumati esa bu jinoyatga aloqadorligini mutlaqo inkor etib, ish bo`yicha rasmiy axborot taqdim etishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan Buyuk Britaniya razvedka xizmatiga aloqadorlikda gumon qilingan 23 nafar rus diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini, Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbariyatining Londonga kutilayotgan tashrifini bekor qilishni ma`lum qildi.

Qolaversa, Britaniya vazirlari va qirollik oilasi vakillari Rossiyadan bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionatining ochilish marosimi ishtirok etmasligi e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1