AsosiySiyosat

Soya etishtiruvchilar assosiasiyasi tuziladi

'Soya etishtiruvchilar assosiasiyasi tuziladi'ning rasmi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chog`ida topshiriq berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, davlatimiz rahbari soya yog`i xaridorgir va sog`liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa bo`lishini ta`kidladi.

Shu erda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot etishtirish va eksport qilishni ko`paytirish loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.

    Boshqa yangiliklar