Shavkat Mirziyoev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, “Daromad baxt omad” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi, deb xabar qiladi davlat raxbarining matbuot xizmati.
Gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.
Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, dedi Prezident. Tumanning zax, toshloq erlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo`lsa, shuni ekish kerak. Bu yo`nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.






