AsosiyDunyo

Poroshenko inaugurasiyasi 7 iyun kuni bo`lib o`tadi

Ukrainaning yangi prezidenti inaugurasiyasi 7 iyun kuni o`tkaziladi. Bu haqda vaqtinchalik prezident lavozimini bajarayotgan Aleksandr Turchinov ma`lum qildi.

"Biz Pyotr Poroshenko bilan inaugurasiyani 7 iyun kuni o`tkazishni kelishib oldik.  Seshanba kuni men marosimni o`tkazish sanasi to`g`risidagi parlament qarorini qabul qilishni taklif etaman", - deydi Turchinov. 

Shuningdek, Turchinov seshanba kuni 25 mayda Ukrainada o`tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi to`g`risidagi ma`lumotlar bilan markaziy saylov komissiyasi rahbariyati chiqish qilishini ma`lum qildi, deya xabar beradi ITAR-TASS.   

Eslatib o`tamiz, 27 may kuni Ukraina Markaziy saylov komissiyasi milliarder Pyotr Poroshenkoni 54,04 foiz ovoz bilan Ukraina prezidentlik saylovlarida g`olib chiqqanligi haqida ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar