1

Parijning mashhur balet truppasi Toshkentga tashrif buyuradi

Madaniyat 17.03.2018, 18:37
Parijning mashhur balet truppasi Toshkentga tashrif buyuradi

Mehmondo`st yurtimizning fayzi bo`lakcha. Bu erga bir marta kelgan kishi, keyingi marta albatta, yana bir qaytishni xohlaydi. Ayniqsa, san`at olami namoyandalari yurtimizning chiroyidan ilhomlanib qaytishadi. 14 aprel kuni poytaxtdagi “Istiqlol” san`at saroyida afsonaviy Parij Milliy operasi balet truppasi solistlari dasturi tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Dastur “Les Italians de l’Opera de Paris” balet truppasining 11 ijrochidan iborat artistlari tomonidan taqdim etiladi.

Tomoshabinlar Alessio Karbone, Valentina Kolazante, Pol Mark kabi jahon balet yulduzlari chiqishlaridan bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ladi.

Kechada “Oqqush ko`li”, “Prelyudiya”, “Don Kixot”, “Koppeliya”, “Korsar” va boshqa balet-postanovkalardan variasiyalar ijro etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1