2014 yilning 1 iyulidan e`tiboran temiryo`l chiptalarini sotish va rasmiylashtirish, shuningdek O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xalqaro yo`lovchi poezdlari bilan horijga chiqishlari faqat biometrik pasport orqali amalga oshiriladi.
"O`zbekiston temir yo`llari" DATK tasarrufidagi "O`ztemiryo`lyo`lovchi" OAJ xabar berishicha, temir yo`l chiptalarini sotish shahobchalarida poezd jo`nashidan 45 kun oldin 2014 yilning 15 mayidan boshlab chiptalar faqat biometrik pasport asosida sotilishi yo`lga qo`yildi.