AsosiySport

Oksana Chusovitinadan yana bir medal

'Oksana Chusovitinadan yana bir medal'ning rasmi

Gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

17 mart kuni afsonaviy sportchimiz tayanib sakrash mashqlarida barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo`lga kiritgandi, deb yozadi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.

18 mart kuni esa esa Chusovitina xodadagi mashqlarda 12,866 ball to`plab, bronza medali sohibiga aylandi. Bosh sovrinni 13,400 ball jamg`argan xitoylik Xuan Luo qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni 12,933 ball bilan uning hamyurti Jiaki Lyu band etdi.

    Boshqa yangiliklar