AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni saylovdagi g`alabasi bilan qutladi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni saylovdagi g`alabasi bilan qutladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 mart kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g`alabasi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbarining tabrigida bo`lib o`tgan saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama o`ylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizasiya qilish, davlat suverenitetini qat`iy himoya qilish va Rossiya Federasiyasining jahonda muhim o`rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qo`llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd etilgan.

O`tgan yilning aprel oyida Rossiya Federasiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, yaqin muloqot, siyosiy iroda hamda tomonlarning amaliy hamkorlikni sifat jihatidan kengaytirishga birdek intilishi O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini salmoqli darajada mustahkamladi.

Siyosat, savdo-iqtisodiy, investisiya, bank-moliya, transport-kommunikasiya, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va ko`plab boshqa sohalarda turli darajalarda olib borilayotgan faol hamkorlikda erishilgan aniq natijalar bundan dalolat beradi.

    Boshqa yangiliklar