AsosiySiyosat

Andrey Serenko: O`zbekiston va Tojikiston sensasion kelishuvni imzoladi

'Andrey Serenko: O`zbekiston va Tojikiston sensasion kelishuvni imzoladi'ning rasmi

Siyosatshunos, zamonaviy Afg`onistonni o`rganish Markazi eksperti Andrey Serenko Tojikiston va O`zbekiston munosabatlari haqida fikr bildirdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

"Bahslashish uchun bahonalar etarli bo`lgan, lekin yarashish uchun sabablar bo`lmagan va respublikalar bir-biridan yopiqlikda yashagan", — dedi Serenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Ekspert agarda hattoki Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmon birorta ham kelishuvni imzolamagan taqdirda ham O`zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifining o`zi ulkan ahamiyat kasb etadi deb hisoblaydi.

"O`zbekistonning Tojikiston energetik loyihalari, Rog`un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligini shubhasiz sensasiya deb atash mumkin. Dushanbe va Toshkent munosabatlaridagi aksariyat nizoli holatlarning manbai aynan Rog`un bo`lib kelgandi", — dedi siyosatshunos.

U bugungi o`zgarishlarga Mirziyoevning harakatlari turtki bo`lganligini ta`kidladi. Serenko bu dastlabki qadamlar ortidan ikki mamlakatning yaqinlashuvi yuz berishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o`tamiz, ikki davlat rahbarlari hamda delegasiyalar vakillari turli sohalardagi hamkorlik to`g`risida 27 hujjatga imzo chekishdi. Ular orasida Do`stlik va yaxshi qo`shnilikni mustahkamlash to`g`risida qo`shma bayonot, O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to`g`risidagi shartnoma bor.

    Boshqa yangiliklar