Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev dushanba kuni Vladimir Putinni Rossiya prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Qozog`iston rahbari matbuot-xizmati.
"Nursulton Nazarboev va Vladimir Putin o`rtasida telefon muloqoti bo`lib o`tdi. Suhbat davomida Qozog`iston prezidenti Vladimir Putinni Rossiya Federasiyasi prezidentligiga bo`lib o`tgan navbatdagi saylovlarda g`alaba qozongani bilan tabrikladi", — deyiladi Nazarboev matbuot-xizmatining Twitter’dagi xabarida.
Bundan tashqari Qozog`iston prezidenti matbuot-xizmatining ma`lum qilishicha, Nazarboev o`zining tabrik telegrammasida Putinning g`alabasini ishonchli deya ta`riflagan.
"Sizning samarali rahbarligingiz ostida Rossiya keng ko`lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo`lidan dadil bormoqda, aholining ijtimoiy farovonligini oshirish hamda eng dolzarb global va minaqaviy muammolarga echim topish faollik ko`rsatmoqda", — deb qayd etgan Nazarboev o`zining tabrik telegrammasida.
Qozog`iston rahbari shuningdek, mamlakat Rossiya bilan ikkiyoqlama formatda, shuningdek, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida ham ikki xalq farovonligi uchun aloqalarni kengaytirishda davom etishga tayyorligini bildirgan.
"Bir vaqtning o`zida men o`zaro ishonch va bir-birini tushunishga asoslangan do`stligimizni juda qadrlayman", — deb ta`kidlagan Nazarboev.






