AsosiyShou-biznes

Shahzoda turmush o`rtog`i bilan ajrashgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritdi

'Shahzoda turmush o`rtog`i bilan ajrashgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritdi'ning rasmi

16 mart kuni maftunkor Shahzoda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan press-konferensiya o`tkazdi, deb yozadi "Tunukun" nashri.

Har yili may oyida o`zining yakkaxon konsert dasturi bilan muxlislarini shod etadigan Shahzoda bu yil Respublika bo`ylab katta gastrol safariga otlangan. 1 maykuni start beriladigan turne yurtimizning 12 nuqtasida bo`lib o`tadi. Bunga sabab, xonandaning yurtimizning turli burchaklarida istiqomat qiladigan muxlislarining hammasida ham har yili poytaxtimizda bo`lib o`tadigan konsert dasturiga kelish imkoniyati yo`qligida. Muxlislarning iltimoslarini inobatga olgan xolda, bu yil xonanda yurtimiz bo`ylab konsert safari tashkil qilishga qaror qilgan.

alt

Matbuot anjumanida xonanda jurnalistlarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.

Jurnalistlardan biri so`nggi kunlarda ko`p muhokama bo`lgan mavzuga to`xtalib, xonandadan turmush o`rtog`i bilan ajrashgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritishini iltimos qildi.

alt

«To`g`risini aytsam bunday gap-so`zlar mening qulog`imga ham etib keldi. Bunga balki endilikda «Tarona Rekords» bilan hamkorlik qilmayotganim bo`lsa kerak. Lekin bu gaplarga hech qanday asos yo`q, turmush o`rtog`im meni “erkin suzishga” qo`yib yubordi va biz Davron bilan shaxsiy studiyamizni ochish ustida ish olib bormoqdamiz. Shu o`rinda bir narsani aytib o`tmoqchiman, muxlislarimni xafa qilmoqchimasman, lekin hayotimda birinchi o`rinda oilam turadi. San`at yoki oilani tanlashga to`g`ri kelsa, men hech ikkilanmay oilamni tanlayman».

alt

Gastrol safarida jonli ijroda ham qo`shiqlar aytasizmi degan savolga xonanda albatta jonli ijro ham bo`lishi, lekin butun dastur jonli ijroda bo`ladi deb lof so`zlamasligini bildirdi.

Xonanda o`g`li Salixning ijodi haqidagi savolga shunday javob berdi:

alt

«Men birinchi o`rinda o`g`lim o`qishini tamomlashini xohlayman. Qo`shiqchilik o`g`lim uchun hozircha shunchaki xobbi. Shu o`rinda ta`kidlashim joiz, Salix keng ommaga taqdim etgan ikki qo`shig`ini mening yordamimsiz, o`z kuchi bilan yozgan, so`zlari ham o`ziga tegishli. U mensiz ham muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlamoqchi. Agar unga yordam kerak bo`lsa, hech qachon yordamimni ayamayman, lekin hozircha u yordam so`ragani yo`q».

Xonanda aktrisa sifatida ijodini davom ettiradimi degan savolga quyidagicha javob berdi:

alt

«Mening hayotimda kinoning o`rni katta. Kinoda suratga tushishni juda yaxshi ko`raman. Hattoki, chet ellarda meni aynan «Fotima va Zuhra» filmidan so`ng taniy boshlashgan desam ham bo`ladi. So`nggi paytlarda kinolarda suratga tushmayotganimga sabab, menga taklif qilingan ssenariylarda o`zimni ko`ra olmadim. Professional aktrisa bo`lmaganim bois, men uchun rol o`ynash juda qiyin, men har bir rolimni yashayman. Shuning uchun ssenariyni o`qiganimda bu rolni yashay olishimga katta ahamiyat qarataman. O`zim so`nggi paytlarda ko`proq tarixiy filmlar ko`ra boshladim. O`g`limga ham doim shuni ta`kidlayman, kino ko`radigan bo`lsang, vaqtingni sarflashinga arziydigan filmlar ko`r, toki u filmdan senga biron foyda bo`lsin. Bekorchi, bema`ni filmlarga vaqtingi sarflama, deyman. Agar menga ham biror tarixiy filmda suratga tushish taklifi tushsa, jon deb rozi bo`laman. Suratga olish jarayonini juda sog`indim va o`zimga mos rolni intiqlik bilan kutyapman».

alt

Ma`lumot o`rnida:

Chiptalar mart oyining 20 sanasida sotuvga chiqadi. Xonanda ma`murining ta`kidlashicha, eng qimmat chipta narxi 15 000 so`mnitashkil qiladi.

Matbuot anjumani so`ngida OAV vakillari xonanda bilan suratga tushish imkoniga ega bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar