FIFA referisi Ravshan Ermatovning Braziliyadagi Jahon chempionatining ochilish uchrashuvini boshqarishi mumkinligi haqidagi gaplar asossizdir, deya yozadi Uff.uz sayti.
Eslatib o`tamiz, so`nggi vaqtlarda Ravshan Ermatov Braziliyadagi ochilish uchrashuvini boshqarish haqida gap-so`zlar paydo bo`lgan edi. Ammo O`FF bu xabarni rasman tasdiqlamadi.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, Ravshan Ermatov to`rt yil muqaddam JARda kechgan JCh-2010 musobaqasi ochilishida JAR va Meksika terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni boshqargan edi.