Toshkent shahridagi ayrim chorrahalarda transport vositalarining o`tkazuvchanligini oshirish uchun tajriba sifatida yangi na`munadagi axborot beruvchi yo`l belgilari o`rnatilmoqda. Bu Toshkent shahar IIBB boshlig`ining topshirig`iga asosan, YHXB xodimlari Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi yo`l harakatini boshqarishni texnik vositalarini o`rnatish va foydalanish departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi YHXB sayti.
Hozirda bu belgilar poytaxtning Nurafshon-Beruniy, Nurafshon-Uyg`ur ko`chalari kesishgan chorrahalarga o`rnatildi, bunda barcha transport vositalari va piyodalarga yo`l berib, o`ngga svetoforning qizil chirog`iga burilishiga ruxsat beriladi.
Tirband chorrahalarda o`tkazuvchanlikni oshirish maksadida bu boradagi ishlar davom ettiriladi, deyiladi boshqarma xabarida.






