AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida muntazam poezd qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida muntazam poezd qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston va Qirg`iziston Toshkent-Bishkek-Ribache (Issiq ko`l) — Toshkent yo`nalishidagi muntazam temir qatnovni yo`lga qo`yishadi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

Birinchi qatnov 22 mart kuni soat 20-50 da Toshkentdagi Markaziy vokzaldan yo`lga chiqadi. Poezd 9 ta vagondan iborat bo`lib, uning tarkibiga lyuks, kupe, plaskart va vagon-restoran kiradi. Poezd 300 yo`lovchiga mo`ljallangan.

Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, plaskart bilet narxi 378 ming so`mdan, kupe esa 515 ming so`mdan boshlanadi. Yo`ldagi vaqt 25 soatni tashkil qiladi. Poezd faqat payshanba kuni qatnaydi.

Bu yangi yo`nalishni yo`lga qo`yilishi Bishkekga yoki Issiq ko`lda dam olish uchun bormoqchi bo`lgan o`zbekistonliklarga juda qo`lay bo`ladi. Bishkekgacha samolyot bilet narxi 90 dan 160 dollarni tashkil qiladi.

O`tgan yili O`zbekiston milliy aviakompaniyasi Tamchi (Issiq ko`l) mavsumiy pavozlarni boshlagan edi. Bilet narxi 100 dollardan boshlangan.

Shu yilda to`g`ridan-to`g`ri 4 ta (Toshkent-Bishkek, Farg`ona-O`sh, Andijon — O`sh va Toshkent — Issiq ko`l) yo`nalish bo`yicha avtobus qatnovlarini yo`lga qo`yiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar