Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi N.Mirzaolimova qo`l ostida faoliyat yurituvchilarga nisbatan millatchilik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «UzNews.uz» xabar beradi.
Mirzaolimovaga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudiga yuborilgan.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, Mirzaolimova 2017 yilda Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Muqaddam N.Mirzaolimaga nisbatan Namangan qurilish va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida Ma`naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ishlab yurgan bir vaqtda hamkasbini haqorat qilganligi uchun ma`muriy jazo qullanilgan.
Fuqaro yangi lavozimida ham ushbu ishlarni davom ettirib, Namangan yuridik kolleji o`qituvchilarini katta umumiy yig`ilishlarda bir necha marotaba beodoblik bilan, uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, millatchilik qilib, sha`ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagan.
Mazkur holat yuzasidan 15.11.2017 yilda Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi N.Mirzaolimovaga nisbatan JKning 140-moddasi 1-qismi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi quzg`atilgan.
Tergov yakuniga ko`ra, Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi Mirzaolimova Nodiraga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, 24.02.2018 yilda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudiga yuborilgan.
Qayd qilib o`tamiz, ushbu holatlar bo`yicha o`qituvchilar Namangan shahar va Namangan viloyati prokuraturasiga murojaat etishgan, lekin jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat etilganidan keyin qo`zg`atilgan.






