Diana Enikeeva bilan bog`liq hodisa yuzasidan xolisona surishtiruv ishlari olib boriladi va xolisona huquqiy baho beriladi, deb va`da berilgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo`raev tomonidan Sputnik nashriga yo`llangan rasmiy javobda.
"Samarqand hokimligi nomidan va shaxsan o`z nomimdan viloyatimizning Kattaqo`rg`on tumanida yuz bergan YTHda Diana Enikeevaning fojiali vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qilishimga ruxsat eting. Har bir inson hayoti biz uchun qadrli va yuz bergan hodisa yo`llarda xavfsizlikni kuchaytirish lozimligidan dalolat beradi. Marhumaning oilasiga ma`naviy va moddiy yordam ko`rsatiladi", — deb boshlanadi maktub.