AsosiyJamiyat

20 martdan boshlab o`zbekistonliklar Tojikistonga vizasiz borib-kelishi mumkin

'20 martdan boshlab o`zbekistonliklar Tojikistonga vizasiz borib-kelishi mumkin'ning rasmi

2018 yilning 9-10 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o`zaro kelib ketishlari to`g`risida hukumatlararo bitim imzolangan edi. Unga ko`ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o`zaro safar qilishlari mumkinligi aytilgan edi.

O`zbekiston fuqarolari ertadan Tojikiston Respublikasiga vizasiz borib-kelishi mumkin. 2018 yilning 19 mart kuni Tojikiston parlamenti O`zbekiston bilan imzolangan «Ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida bo`lishi tartibi to`g`risida»gi bitimni ratifikasiya qildi.

Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov Tojikiston poytaxti Dushanbeda shu yilning 9 mart kuni imzolangan bitimni tarixiy hujjat deb baholadi. U Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga bitim ratifikasiya qilingani va O`zbekiston fuqarolari 20 martdan boshlab Tojikistonga vizasiz kelib-ketishi mumkinligi haqida Toshkentni rasman xabardor qilish haqida topshiriq berdi.

Kelishuvga muvofiq Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari ushbu davlatlar hududida 30 kungacha vizasiz safar qilishlari mumkin. Bundan tashqari, fuqarolar uch ish kuni mobaynida to`xtagan joyida ro`yxatdan o`tishi talab qilinadi.

    Boshqa yangiliklar