AsosiyDunyo

Eng savobtalab uch yulduz (Foto)

'Eng savobtalab uch yulduz (Foto)'ning rasmi

Dunyo masshtabidagi yulduzlarning shuhrati, katta-katta gonorarlari haqida eshitishga o`rganib qolganmiz. Ammo ular orasida ezgulik targ`ibotchilari ham borki, ularning savob ishlari haqida eshitib, ba`zida quloqlarimizga ishonmaymiz, deya yozmoqda Uznayvse.ru nashri.

Opra Uinfri

AQShning eng mashhur tok-shouchisi bo`lmish Opra Uinfri bir necha yillardan buyon eng sahiy yulduzlar ro`yxatida etakchilik qilib keladi. 2012 yilning o`zida Opra rivojlanayotgan davlatlardagi bolalar va ayollarning ta`lim olishi uchun 400 mln. AQSh dollari ajratgan.

Qolaversa, Uinfri Janubiy Afrikaning kambag`al oilalaridagi iqtidorli qizlar uchun maktab ham ochgan.

Kianu Rivz

Kianuning hayot prinsipi shundan iboratki, savob ish uchun chet ellarga, kambagal o`lkalarga borish shart emas. Kianuni ko`chada tez-tez uysiz odamlar yonida ko`rish mumkin – Gollivud yulduzi ularga oziq-ovqat, kiyim-kechak sotib olib beradi, ular bilan dildan suhbatlashadi.

Kianu Rivz “Matrisa”trilogiyasidan olgan 90 foiz gonorarini (darvoqe, K. Rivz trilogiyaning birinchi qismidan 10 mln. dollardan ko`proq gonorar olgan) suratga olish jamoasiga tarqatgan.

Konstantin Xabenskiy

2008 yili mashhur aktyor Konstantin Xabenskiyning rafiqasi Anatasiya Xabenskaya vafot etadi. Shundan so`ng Konstantin qattiq tushkunlikka tushadi. Bundan avval Kostya ayolining tuzalib ketishi uchun har qanday rollarga rozi bo`ladi, qarzga botadi.

U marhuma rafiqasining xotirasiga Konstantin Xabenskiy xayriya fondini tashkil qilgan. Hozir aktyor kamtarin kvartirada yashab, peshana teri bilan topgan pullarining katta qismini yordamga muhtoj odamlarga tarqatadi.

Boshqa yangiliklar