Kino olamida shunday rollar bo`ladiki, ularni ijro etmoq uchun eng og`ir sinovlardan o`tishga to`g`ri keladi, deya ta`kidlamoqda Uznayvse.ru nashri.
Quyidagi aktyorlar ushbu mushkulotni enggan bo`lsalar-da, oqibati o`ta achinarli bo`lgan.
Edrian Broudi
Ideal xarizmaga ega Edrian Broudi rejissyor Roman Polanskiyning “Pianinochi” filmida Ikkinchi jahon urushi paytida ochdan o`layozgan pianochi Shpilmanning rolini kirish uchun uyidan ketib qolgan. Edrian mashinasini ham sotib, telefonini tashlab yuborgan va ovloq joyda yashay boshlagan. Ovqat ham emay qo`ygan, uzukun nuqul pianino chalgan.
Shaya Labaf
Gollivudning eng g`alati aktyorlaridan biri Shaya Labaf Ikkinchi jahon urushi dahshatlari haqida so`ylovchi “G`azab” kinokartinasida rol ijro etish uchun yuzini pichoq bilan tirnagan, tishini qoqib olgan, hammom nimaligini ham esdan chiqargan. Es-hushini yo`qotgan Shaya shundan keyin bir necha marotaba jamoat joyida o`tkinchilar bilan mushtlashgan, hatto reabilitasion markazlarda yotib chiqishga ham ulgurgan.
Xit Lejer
Avstraliyalik mashhur aktyorlardan biri Xit Lejer “Zulmat risari” filmidagi Joker roli tufayli o`z hayotiga nuqta qo`ygan, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Sababi – Xit ushbu rolga kirishish uchun bir oy davomida mehmonxona hujrasidan chiqmay Joker nomidan kundalik tutgan. Bora-bora aktyor o`zini Joker deb o`ylagan. Suratga olish ishlari tugagach, Lejer Joker ta`siridan chiqib ketolmay, kuchli og`riq qoliruvchi preparatlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilishi tufayli hayotdan erta ko`z yumadi.