Marhum amerikalik qotil Charlz Mensonning jasadi krematoriya pechida kuydirildi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Menson 2017 yilning noyabrida vafot etgan edi.
Charlz Menson hibsga olinishidan avval o`tgan asrning 60–70-yillarida bir qator qotilliklarni amalga oshirgan. Shundan so`ng u qo`lga olinib, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Kuydirish marosimida 20 dan ortiqroq odam ishtirok etgan. Ular orasida qarindoshlar, jumladan, qotilning nevarasi Jeyson Friman ham bo`lgan.