AsosiyJamiyat

Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlangan “Navro`z — 2018 marafoni” g`oliblari taqdirlandi (foto)

'Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlangan  “Navro`z — 2018 marafoni” g`oliblari taqdirlandi (foto)'ning rasmi

Bugun 20 mart kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston engil atletika federasiyasi hamkorligida “Navro`z” umumxalq bayrami munosabati bilan respublikamiz barcha hududlarining markaziy ko`chalarida 21 km. masofadan iborat bo`lgan “Navro`z — 2018 marafoni”ni bo`lib o`tdi. Marafon erta tongdan kuy-qo`shiqlar bilan juda quvnoq tarzda boshlandi, turli millat vakillaridan iborat yoshlar birlashib bu bahor va sport bayramini ko`tarinki ruhda nishonlashdi. Tadbirda ishtirok etgan sportchi va san`atkorlar bayramga ko`tarinki ruh bag`ishlashdi.

Marafon yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, o`zaro madaniy-sport aloqalarni yo`lga qo`yish hamda jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga kiritish, shuningdek, sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Marafon 2018 metr, 3 km., 21 km.dagi masofalarda 10-11 sinf hamda akademik lisey va kollej o`quvchilari, OTM talabalari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar o`rtasida o`tkazildi.

G`oliblar taqdirlandi!

  • 21 km - birinchi 10talik uchun mukofot - velosiped, keyingi 300 kishi uchun mukofot – medal
  • 3 km - birinchi 3 talik uchun mukofot – velosiped, diplom, medal
  • 2018m - birinchi 3 talik uchun mukofot – velosiped, diplom, medal bilan taqdirlash belgilangandi.

Marafonda qizlar ham o`g`il bolalardan ortda qolishmadi, buni mukofotlanganlar ro`yxatidan ham bilish mumkin.


2018 m.ga yugurish bo`yicha velosipedni qizlar qo`lga kiritishgan bo`lsa, 3km.ga yugurish bo`yicha o`g`il bolalarning qo`li baland keldi va velosiped bilan taqdirlaniishdi. 21 km.ga yugurish bo`yicha 5 nafar o`g`il va 5 nafar qiz bola g`olib bo`lishdi.


21 km.ga birinchi bo`lib etib kelgan 300 nafar ishtirokchi medalga sazovor bo`lishdi.


Qolgan barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari topshirildi.


E`tiborlisi, 16 nafar paralimpiyachi sportchilari homiylar sovg`asi bilan takdirlanishdi.


Boshqa yangiliklar