Joriy yilning 18 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami»ga Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Uchbov qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro tog`li hududda yo`qolib qolgani to`g`risidagi murojaat kelib tushdi.
«Chimyon» qutqaruv otryadi qutqaruvchilari U.Kuliev, D.Ochilov, F.Abdiev va I.Mirzaahmedov voqea joyiga zudlik bilan etib borib, qidiruv ishlarini amalga oshirdilar", - deyilgan FVV axborot xizmati bergan xabarda.
Natijada qutqaruvchilar tana qismiga ko`plab jarohat etgan fuqaroni topishga muvaffaq bo`lishdi. Aniqlanishicha, jabrlangan fuqaro tog` yon bag`rida sayr qilishi jarayonida ehtiyotsizlik tufayli sirpanib ketib, taxminan 4 metr balandlikdan qulab tushgan. Buning oqibatida o`ng oyog`ida ochiq sinish, o`ng qo`li va chap oyog`ida sinish holatlari, shuningdek, bosh qismida ham jarohat kuzatilgan.
O`z vaqtida yordamga kelgan qutqaruvchilar tezda jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bilan birga uni xavfsiz joyga evakuasiya qilishdi hamda tez yordam xodimlariga topshirdilar.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining ahvoli qoniqarli.








