AsosiyJamiyat

Ob-havo: hafta oxiriga borib harorat keskin ko`tariladi

'Ob-havo: hafta oxiriga borib harorat keskin ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, O`zbekistonda hafta oxiriga borib harorat keskin ko`tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o`zgaruvchan ob-havo bo`ladi, 22-23 mart kunlari ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. 24-25 mart kunlri yog`ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida harorat 30 darajagacha ko`tariladi.

Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida havo o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari 15-20 m/s tezlikda shamol esishi mumkin. Harorat 25-30 darajagacha issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/sga etishi mumkin. Dam olish kunlari harorat 33 darajagacha ko`tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Hafta oxiriga borib harorat 33 darajagacha etadi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida ham o`zgaruvchan ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu viloyatlarda 24-26 mart kunlari havo harorati 20-25 darajani tashkil etadi.

O`zbekistonning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 25 mart kuni 20-25 darajaga etadi.

    Boshqa yangiliklar