AsosiyJamiyat

21 mart — ulug` shoir Abdulla Orif tavallud topgan kun

'21 mart — ulug` shoir Abdulla Orif tavallud topgan kun'ning rasmi

Ulug`lar bu olamni tark etganlaridan keyin ham tirikdirlar. Abdulla Orif o`z asarlari bilan ana shunday mangu tiriklikka musharraf bo`ldi. She`rlarini o`qiyotganimizda buni doimo his etib turamiz...

Bu she`r ustoz vafotidan bir necha kun o`tib yozilgandi. Tug`ilgan kuni arafasida uni sizlar bilan baham ko`rgimiz keldi.

Ustoz Abdulla Orif xotirasiga


Do`rmonda qor yog`di, bo`ralab yog`di,
Bu bog` durkun edi, endichi g`arib.
Olam posangisi bir yonga og`di,
Bundan ko`char bo`ldi Abdulla Orif.


Munojot kuylari badtar mung`aydi,

Yuzma-yuz so`zlashmak imkoni bitdi.
Yillar armoni ham tag`in ulg`aydi,
Tilla baliqchani shum ko`lmak yutdi.

Kolumbdan olinmay qoldi-da alam,

Yana g`olib keldi “sehrli diyor”.
Onajon uch kunki yo`l poylar: “Bolam!”,
Qaydan chiqib qoldi hakim va ajal...

Yurtim shamollari tindimi, deysan,

Mangu muzliklardan osha keldimi?!
Bir yo`la qalam ham sindimi, deysan,
Shoirga qo`shilib she`r ham o`ldimi?!

Nechun tark etyapsiz nazmiy bo`stonni,

Sizni topgan edik yuz yil axtarib.
Qayg`uda qoldirib O`zbekistonni,
Qayga ketayapsiz Abdulla Orif?!

    Boshqa yangiliklar