Ispaniyalik keksa ayol Paint dasturida suratlar chizib, ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda ko`plab muxlislar orttirmoqda, deb yozmoqda Lenta.ru nashri.
Koncha Garsiya Zaera (Concha García Zaera) 12 yil avval surat chizishni boshlagan. Shundan so`ng uning nabiralari buvilarigakompyuter sovg`a qilishgan.
Kampirsho bemor eriga g`amxo`rlik qilish bilan birga Paint dasturida surat chizishni o`rgana borgan.
Avvalboshda rassom-kapmir kartinalarini Facebookda e`lon qilgan. Keyin esa nabirlari suratlarni Instagramga qo`yishni maslahat berishgan. Bugun uning muxlislari 108 ming kishi.
“Nega men chizgan suratlar shunchalik e`tibor tortayotganini hech ham tushunolmayman. Nazarimda, men oddiy detallarni chizyapman”, – deydi keksa ayolning o`zi.