1

Myanma prezidenti iste`foga chiqdi

Dunyo 22.03.2018, 10:32
Myanma prezidenti  iste`foga chiqdi

Myanma prezidenti 71 yoshli U Txin Chjo ikki yillik boshqaruvdan so`ng iste`foga chiqdi, deb xabar qilmoqda Sinxua nashri.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, Chjo 21 mart kuni "dam olish uchun" o`z lavozimidan chetlashgan.

Ta`kidlanishicha, respublikaning yangi rahbari yaqin etti kun ichida saylanadi.

Ilgariroq OAVlarda prezident salomatligi yuzasidan iste`foga chiqishi ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan, ammo hukumat ushbu xabarni inkor qilib kelayotgan edi.

Txin Chjo universitet professori, yozuvchi. Mamlakat prezidenti etib parlament tomonidan 2016 yilning martida saylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1