Toshkentda bu yilgi Navro`z tantanalari "O`zbekspomarkaz"da bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdilar.
"Jahon" AA muxbirlari bilan suhbatda chet el diplomatlari "Navro`z" ayyomi haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdilar va barcha o`zbekistonliklarga o`z tabriklarini yo`lladilar.
Anak Agung Gde Alit Santika, Indoneziyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:
— "Navro`z"ni nishonlash bosh manba, qadimiy an`analarga "qaytish" ramzini bildiradi. Bu kunlarda odamlar o`zlarining yangicha kuch va quvvatga to`lganliklarini his etadilar. Ularning qalbi "yosharadi".
Bu tinchlik va omonlik, ezgulik va uyg`unlik tantana qilgan qilgan.Ochiq osmon ostida o`tkazilayotgan xalq sayli ajoyib ob-havo hamohangligida haqiqiy bayram muhitiga sho`ng`ishga imkon berdi. Men hatto yangi — "sayil" so`zini yodlab oldim, va endilikda bu so`z menga hamisha odamlarning yorqin tabassumlari, ajoyib sumalak va palov tarovatini eslatib turadi.
Jakartada O`zbekiston tomonidan Indoneziyaga 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgani to`g`risidagi xabarni katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Sizning mamlakatingizning dam olish va sayohat, ayniqsa ziyorat-turizmidagi ulkan salohiyatini hisobga olganda, bu juda muhim qaror bo`ldi. Biz Indoneziyadan O`zbekistonga shu yildanok turistik oqim sezilarli darajada o`sishini kutmoqdamiz.
Guseyn Guliev, Ozarbayjonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:
— O`zbekiston — noyob odamlar yashaydigan ajoyib mamlakat. Respublikada faoliyat olib borgan yillar davomida men uni yaxshi ko`rib qoldim. Bu erda o`zimni xuddi uyimdagidek his qilaman.
Navro`zni nishonlash davrida hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Hatto eng injiq xo`randalarningda ta`biga yo`l topa oladigan taomlar tayyorlanadi.
Bugungi tadbir yuqori darajada o`tkazildi. Biz uchun tashkillashtirilgan sayil o`zbek tarixi va madaniyati, xalqning urf-odatlari va an`analarini yanada chuqurroq anglashimizga imkon berdi.






